Yana bir qashqadaryolik o‘quvchi 189 ball oldi

Bu natija hozircha viloyatdagi eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar qatoridan o‘rin olgan ikkinchi holat hisoblanadi.
Kamronning imtihon natijalari:
-
Kimyo — A+
-
Biologiya — A+
-
Ona tili — C+
-
Matematika — C
-
Tarix — C+
Ushbu muvaffaqiyat nafaqat Kamronning oilasi va ustozlari, uchun katta faxr sanaladi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy sharoitlar va iste’dodli o‘quvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar mana shunday yuksak natijalarga zamin yaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha hafta avval ham Qashqadaryolik bir qiz milliy sertifikat imtihonlarida 189 ball yig‘ib, viloyatda katta e’tibor qozongan edi. Endilikda esa Qobilov Kamron bu natijani yana bir bor takrorlab, ilmga chanqoq yoshlarga yaxshi namuna bo‘ldi.
Mutaxassislar fikricha, bu kabi yutuqlar viloyatdagi ta’lim tizimi rivojlanib borayotgani va iste’dodli yoshlar uchun ko‘proq imkoniyatlar ochilayotganidan dalolat beradi.
Qobilov Kamron kelgusida tibbiyot yoki biologiya sohasi bo‘yicha tahsil olib, ilmiy izlanishlar olib borishni rejalashtirayotganini bildirgan.
So'ngi yangiliklar

Yana bir qashqadaryolik o‘quvchi 189 ball oldi
09:17 / 20.04.2025